Asosiy mazmunga oʻtish
"Bavariya" Noyer o‘rniga yangi darvozabon topdi

"Bavariya" Noyer o‘rniga yangi darvozabon topdi

  • 0
  • Futbol

Myunxenning "Bavariya" klubi jamoa safida 40 yoshli Manuel Noyer o‘rnini bosadigan yangi darvozabonni transfer qilishni rejalashtirmoqda.

"Teamtalk" jurnalistlari tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Germaniya chempionining diqqat markazida "Brayton" safida to‘p surayotgan 23 yoshli niderlandiyalik darvozabon Bart Verbryuggen turibdi.

Manbaga ko‘ra, "chaykalar" posbonining amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtasiga qadar mo‘ljallangan. Uning transfer qiymati esa 40 million yevro atrofida baholanmoqda.

Joriy mavsum Angliya Premier-ligasida Verbryuggen 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlarda darvozabon 37 ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, 7 ta bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q