“Bavariya” urilmaydigan rekord o‘rnatdi
“Bavariya” o‘z natijalari bilan Germaniya Bundesligasi tarixiga kirdi. Opta xabar berishicha, myunxenliklar 2025 yil davomida Germaniya chempionatining barcha 34 turidan keyin turnir jadvalida birinchi o‘rinni hech kimga bermay o‘zi egallab kelgan.
Bundesliga tarixida ilgari biror jamoa taqvim yilidagi barcha turlardan keyin etakchi bo‘lib turgan holat kuzatilmagan edi.
Bu rekordni boshqa bir jamoa tomonidan takrorlash nihoyatda qiyin, hatto umuman mumkin emas, desa ham bo‘ladi. Bunday rekordni yangilash esa mutlaqo ilojsiz.
2025 yildagi so‘nggi o‘yinida “Bavariya” safarda “Xaydenxaym”ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Vensan Kompani boshchiligidagi jamoa Bundesligada peshqadam bo‘lib turibdi va ikkinchi o‘rindagi “Borussiya”dan 9 ochkoga o‘zib ketgan.



Fikrlar