"Bavariya" yulduz uchun APLning ikki grandi kurashmoqda

  • 25.01.2026 16:01
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" futbolchisi Jamal Musialaning xizmatlariga APLning ikkita jamoasi qiziqish bildirmoqda. 

"Bayern Space" nashri xabar berishicha, ayni vaqtda germaniyalik havbekni "Arsenal" va "Chelsi" jamoalari o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Londonning ikki klubi futbolchining vakillari bilan allaqachon norasmiy muzokaralar o‘tkazgan. Hozirda jamoalar jarohatdan endigina qaytgan yarim himoyachining holatini kuzatishda davom etmoqda. 

Ta’kidlanishicha, Musiala "Bavariya" bilan noyob shartnomaga ega bo‘lib, uning maoshi har yili 10 foizga oshib boradi. Bundan tashqari, har bir transfer oynasida kuchga kiradigan tovon puli miqdori ham belgilangan. 

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli futbolchining ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 130 million evroni tashkil etadi. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!