Asosiy mazmunga oʻtish

“Bavariya”ga yangi bosh murabbiy topildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Tuxel ketadi

Avstriya terma jamoasini boshqarayotgan Ralf Rangnik kelasi mavsumdan “Bavariya” bosh murabbiyi bo‘lib ishlashi kutilmoqda.

Jurnalist Kristian Falkning xabar berishicha, tomonlar muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlash arafasida turibdi. Faqat mayda detallar bo‘yicha bir to‘xtamga kelish qoldi xolos.

65 yoshli mutaxassis Avstriya terma jamoasini 2022 yilning yozidan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida avsriyaliklar “Evro-2024” yo‘llanmasiga ega chiqdi.

“Bavariya” Ralf Rangnikka ikki yoki uch yillik shartnoma berishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Myunxen superklubining hozirgi bosh murabbiyi Tomas Tuxel yozda jamoani tark etishi kutilmoqda. Bu mutaxassis boshqaruvida “Bavariya” o‘n yillik gegemonligini boy berib, bu mavsum chempionlikdan quruq qoldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q