Asosiy mazmunga oʻtish
"Bavariya"ga "Yuventus" futbolchisi kerak

"Bavariya"ga "Yuventus" futbolchisi kerak

Turinning “Yuventus” klubiga tegishli bo‘lgan shvetsiyalik vinger Deyan Kulushevski qishki transfer oynasi davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning qayd etishicha, skandinaviyalik yarim himoyachi xizmatlariga Myunxenning “Bavariya” klubi qiziqmoqda. Nemis grandi Kulushevski bo‘yicha bahsda "Tottenxem" va "Arsenal" bilan raqobatlashishga tayyor.

Joriy mavsumda Deyan Italiya chempionatida 16 uchrashuvda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning ayni damdagi transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q