"Bayer" Benzema transferiga munosabat bildirdi
Vaziyat qanday?
Karim Benzema «Bayer» safida o‘ynashni istamoqda, ammo klub pozitsiyasi aniq.
«Bayer» (Leverkuzen) sport direktori Simon Rolfes «Real» va Frantsiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Karim Benzema ehtimoliy transferi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Rolfesning ta’kidlashicha, leverkuzenliklar tarkibi yangi mavsum uchun allaqachon shakllantirilgan.
«Biz tarkibni to‘liq shakllantirib bo‘ldik», — deb qayd etgan klub vakili.
Karim Benzema hozircha erkin agent maqomiga ega. 38 yoshli fransuz yaqinda Saudiya Arabistonining «Al-Hilyal» klubi bilan shartnomasini bekor qildi. U ushbu jamoa safida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli pas berdi.
Joriy mavsum Bundesligada uch turdan so‘ng «Bayer» 4 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.

Izohlar (0)