Behruzbek Usmonov – jahon chempionati sovrindori

  • 22.08.2026 16:45
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ekvadorning Guayakil shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta bronza medaliga ega chiqdi. Mazkur medalni -73 kg vazn toifasida kurashgan Behruzbek Usmonov keltirdi.

Bronza medal:
-73 kg: Behruzbek Usmonov

Ortda qolgan 2 kunlik bahslardan keyin O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 4 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikda ketmoqda. Bu haqida MOQ xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!