Bekxemning yarim million evrolik eski mashinasi sotuvga qo‘yildi (FOTO)

  • 30 iyun, 2020, 09:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyalik futbol afsonasi Devid Bekxemning sobiq avtomobili Aston Martin Volante V8 Buyuk Britaniyada sotuvga qo‘yildi.

Tecno

Bekxem ushbu mashinani 2018 yilda sotib yuborgan edi. Avtomobil hozirda ajoyib holatda. Uning narxi 486 ming evroni tashkil etadi.

45 yoshli Devid Bekxem faoliyati davomida "Manchester Yunayted", "Preston", "Real", "Los-Anjeles Gelaksi", "Milan" va PSJ klublarida to‘p surgan. Angliya terma jamoasi safida esa 115 ta o‘yinda ishtirok etib, 17 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!