Bekzod Abdurahmonov klublar o‘rtasidagi turnirda ishtirok etadi

CHERY AUTO

Erkin kurash bo‘yicha ikki karra Osiyo chempionati g‘olibi, ikki marotaba Osiyo o‘yinlari chempioni, ikki bor jahon chempionati sovrindori, yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari chempioni, "Islom birdamlik o‘yinlari" bronza medali sohibi hamda ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi Bekzod Abdurahmonov, Amerika Qo‘shma Shtatlarida tashkil etilayotgan ajoyib musobaqada ishtirok etadi.

Ya’ni, yurtdoshimizning okean ortida mashg‘ulotlar olib boradigan  klubi “NLWC  Nittany lion” va yana bir mashhur jamoa “Michigan RTC” o‘rtasida o‘ziga xos turnir bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqa 19 sentyabr kuni Pensilvaniya shtati Steyt Kollej shaharchasida o‘tkaziladi. Ushbu bahsda yurtdoshimizga omad tilaymiz!

bbb

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!