Belal Muhammad mag‘lubiyatga uchradi, Arman Tsarukyan esa raqibini bo‘g‘ib qo‘ydi, turkiylar ham chakki emas...

  • 23.11.2025 01:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Hozirgina Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tgan "UFC Fight Night 246" turniri yakunlandi. Kechaning "Co-main event" jangida sobiq chempion Belal Muhammad irlandiyalik Ian Garriga qarshi oktagonga ko‘tarilgan bo‘lsa, "Main event" da Arman Tsarukyan esa Den Xuker bilan kurash olib bordi.

Quyida barcha natijalar bilan tanishishingiz mumkin:


Prelim:

Denzel Friman hakamlarning yakdil qarori bilan (30-27, 29-28, 29-28) Marek Buyloni taslim etdi;

Nurullo Aliev ochkolar evaziga (30-27, 30-27, 30-27) Shakem Rok ustidan g‘alaba qozondi;

Ismail Naurdiev 1-raunddayoq Rayan Loderni nokautga uchratdi;

Aleksandr Topuriya hakamlarning yakdil qarori bilan Bekzat Almaxandan ustun keldi;

Abdul-Raxman Yaxyaev 1-raundda Rafael Serkeyrani sabmishn orqali engdi;

Asu Almabaev 3-raundda Aleks Peres ustidan sabmishn evaziga zafar quchdi;

Nikolas Dalbi ochkolar evaziga Saygid Izagaxmaevni mag‘lubiyatga uchratdi;

Lyuk Rayli 2-raundda Bogdan Gradni nokautga qildi;


Asosiy kard:

Kiodji Xoriguchi 3-raundda Tagir Ulanbekovni sabmishn orqali engdi;

Valdo Kortes-Akosta 1-raunddayoq Shamil Gazievni nokautga uchratdi;

Myktybek Orolbay 1-raunddayoq Jek Xermanssonni nokaut qildi;

Volkan Ozdemir 1-raunddayoq Alonzo Menifildni yanchib tashladi;

Ian Garri hakamlarning yakdili qarori bilan (30-27, 30-27, 29-28) Belal Muxammadni taslim etdi;

Arman Tsarukyan 2-raundda Den Xukerni bo‘g‘ib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!