Belal Muxammadning keyingi raqibi ma’lum

  • 2 oktabr, 21:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC yarim o‘rta vazn sobiq chempioni Belal Muxammad o‘zining navbatdagi jangida irlandiyalik Ian Garriga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Tecno

Ushbu bahs 22 noyabr kuni Qatarda bo‘lib o‘tadigan UFC turniri doirasida tashkil etiladi. Bu haqda UFC matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli Belal professional faoliyatini 2012 yil avgust oyida boshlagan va UFC ga esa 2016 yil iyul oyida qo‘shilgan. Uning hisobida 24 g‘alaba, to‘rt mag‘lubiyat mavjud. 27 yoshli Garri esa MMA dagi professional faoliyatini 2019 yil fevralda boshlab, UFC ga 2021 yil noyabr oyida kelib qo‘shilgan. Hozircha u 16 g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!