Belinda Benchich o‘z yurtida mag‘lub bo‘ldi
Zohir2018
Luganoda tennischi qizlar jam bo‘ldi
Shveytsariyalik tennischi Belinda Benchich Lugano shahrida o‘tayotgan "Samsung Open" musobaqasining ikkinchi davrasiga chiqa olmadi.
Belinda ilk bosqichda germaniyalik Antonii Lottnerga qarshi kortga chiqib, yakunda 5:7, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa turnirning ikkinchi bosqichiga chiqqan Lottner, chexiyalik Kristina Plishkovaga qarshi chorak final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradigan bo‘ldi.
Izohlar (0)