Bellator sobiq chempioni: "Iliya Topuriya yarim o‘rta vazndagi TOP 5 jangchilarni yenga olmaydi"
Bellator sobiq chempioni Ramazon Kuramogomedov engil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriyaning 77 kg dagi imkoniyatlarini baholadi.
"Eshitishimcha, Islom 70 kg ga tushishni istamayapti. Agar Iliya yuqoriga ko‘tarilsa, TOP 5 dagi jangchilarni mag‘lub eta olmaydi. Uning bo‘yi past, yarim o‘rta vazn toifasi uchun juda kichiklik qiladi", – dedi Kuramogomedov "Chempionat" muxbiri Yahyo Gasanovga bergan intervyusida.
Avvalroq, Topuriya oilaviy muammolar sabab yozgacha oktagonga qayta olmasligini ma’lum qilgandi.
Fikrlar