Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Bellingem «Real» va «Manchester Siti» orasida tanlov qildi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Jud Bellingem «Real»da qolishni istab, «Manchester Siti» taklifidan ko‘ra madridliklar bilan shartnomani uzaytirishga moyil.

Madridning «Real» jamoasi yetakchilaridan biri sanalgan Jud Bellingem «Manchester Siti» safiga o‘tish imkoniyatiga qiziqmayapti. Bu haqida Fichajes nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ingliz yarimhimoyachisi o‘z kelajagini aynan madridliklar bilan bog‘lashni istayapti va klub bilan shartnomasini uzaytirishga ko‘proq moyil. Hozirgi bitim 23 yoshli futbolchi va «qirollik klubi» o‘rtasida 2029 yil yozigacha amal qiladi.

Transfermarkt portali Bellingemning bozor qiymatini 160 million yevro atrofida baholamoqda.

Joriy mavsumda Ispaniya La Ligasida Bellingem yettita uchrashuvda maydonga tushdi. U shu vaqt ichida uchta gol urib, ikki bor hamkasblariga golli pas yo‘lladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q