Bellingem "Real"ga yordam bermaydi

  • 19 oktabr, 2024, 11:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Trent Aleksandr-Arnoldning "Liverpul"dan "Real"ga o‘tishi ehtimoli transfer bozorida eng ko‘p muhokama qilinadigan mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda. Angliyalik futbolchini La Liga grandi erkin agent sifatida sotib olishi mumkin. Boisi, 26 yoshli futbolchining "mersisaydliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyunida yakuniga etadi.

Marca nashrining xabar berishicha, Angliya terma jamoasi a’zosi Jud Bellingem o‘zining yaqin do‘stini "Real"da ko‘rishni istaydi, biroq "Liverpul"ni hurmat qilgani uchun muzokaralar jarayonida ishtirok etmaydi. Yarim himoyachi hamyurtiga Madriddagi hayoti va "qirollik klubi"dagi o‘yinlari haqida gapirib beradi, ammo boshqa hech narsa aytmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Bellingem "Real" safiga 2023 yilning yozida Dortmundning "Borussiya" klubidan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!