Bellingem Xabi Alonsodan norozi

  • 14.11.2025 21:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" yarim himoyachisi Jud Bellingem Xabi Alonso bilan ishlayotganidan xursand emas.

Ma’lum bo‘lishicha, angliyalik futbolchi, bosh murabbiy bilan kelisha olmayapti. 22 yoshli xavbek, Alonsoning boshqaruvidan norozi va mashg‘ulotlarda kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Ispaniyalik mutaxassis joriy yilning yozida Karlo Anchelottining o‘rnini egallagan edi. "Qirollik klubi" La Liganing 12-turidan so‘ng 31 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bellingem 2023 yilning yozida "qaymoqranglilar" safiga kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!