Bellingemni olti klub talashyapti

  • 25.03.2025 04:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real”da porlayotgan iqtidorli futbolchi Jud Bellingemning tug‘ishgan ukasi Jobni ham xuddi akasi singari yorqin kelajak kutmoqda.

Ayni paytda “Sanderlend” jamoasida mahorat va tajriba oshirayotan 19 yoshli hujumkor o‘yinchini Angliya Premer-ligasining olti klubi o‘z safiga chorlayapti.

Hozir “Sanderlend” Chempionshipda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Ekspertlarning ta’kidlashicha, jamoa Premer-ligaga ko‘tarila olmagan taqdirda ham, uning etakchisi Job kelasi mavsumni katta ehtimol bilan yuqori divizionda boshlaydi.

TEAMtalk nashriga ko‘ra, Job Bellingemga “Manchester Yunayted”, “Brayton”, “Brentford” hamda “Nottingem Forest” jiddiy qiziqish bildirmoqda va ular yozda yarim himoyachi uchun kurashishga tayyor.

Yana ikki klub – “Chelsi” va “Tottenxem” o‘ta faol bo‘lmasa-da, Job Bellingem atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda va imkon bo‘lishi bilan o‘yinchi uchun raqobatga kirishadigan bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!