"Benfika" prezidenti jamoaga yangi murabbiy kelishini tasdiqladi

  • 17.09.2025 10:53
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Sobiq portugaliyalik futbolchi, hozirda Lissabonning "Benfika" klubi prezidenti Ruy Koshta Chempionlar Ligasi guruh bosqichining birinchi turida "Qarabog‘"ga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng Brunu Lajening iste’fosi haqida fikr bildirdi.

- Brunuga qilgan mehnati uchun minnatdorchilik izhor etaman. Biroq, xayrlashish vaqti keldi. Keyingi murabbiyga kelsak, shanba kunigacha yangi mutaxassis tayinlashni umid qilmoqdamiz, - dedi jamoa prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, "Benfika" o‘z maydonida "Qarabog‘"ga kutilmaganda 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Chempionlar ligasining navbatdagi o‘yinida "burgutlar" "Chelsi"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!