Benzema endi qaerda o‘ynaydi?

  • 15.12.2025 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod» jamoasida o‘ynab kelayotgan mashhur hujumchi Karim Benzema amaldagi shartnomasi yakunlanishi bilan Evropaga qaytish istagida ekanini aytgan edi.

Ko‘pchilikni 37 yoshli to‘purar qaysi jamoaga o‘tishi qiziqtiryapti. Xususan, Benzemani tarbiyalagan “Lion” ham tajribali futbolchini o‘z safiga chorlayapti.

Benzema 2009 yili “Real”ga o‘tgunga qadar lionliklar tarkibida to‘p tepib, 148 ta uchrashuvda 66 ta gol va 25 ta assist muallifi bo‘lgan.

-  Men “Lion”ga qaytaman, deyishim qiyin. Hech qachon nima bo‘lishini oldindan bilmaysan. Bu qaytishdan qo‘rqish masalasi emas. Shunchaki, ba’zan hammasini qanday bo‘lsa, shunday qoldirgan ma’qul. Balki, men klubga boshqa rolda yordam bera olarman, ammo jamoa uchun o‘ynab berish masalasiga kelsak, buni hali aniq bilmayman, - dedi Karim Benzema.

Karimning saudiyaliklar bilan tuzgan amaldagi rejasi 2026 yilning 30 iyun kuni o‘z nihoyasiga etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!