Benzema Evropaga qaytishi mumkin

  • 02.02.2026 19:46
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Al-Ittihod" hujumchisi Karim Benzema faoliyatini Italiya klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Tuttosport" nashri xabar bermoqda. 

Manbada berilgan ma'lumotga ko‘ra, fransiyalik futbolchini "Yuventus" o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda, Forvardning transferiga to‘sqinlik qiladigan yagona narsa uning yuqori maoshi. Agar Benzema maoshini qisqartirishga rozi bo‘lsa, Turin klubi unga taklif jo‘natishga tayyor. Karimning Saudiya klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning yozida yakuniga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli futbolchi "Al-Ittihod" safida 2023 yildan beri harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida vinger 83 ta uchrashuvda maydonga tushib, 54 ta gol va 17 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!