
Benzema "Eyr Fors"ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi
OChLning3-turida "Al Ittihod" "Eyr Fors"ga qarshi o‘ynaydi. Ushbu bahsni Karim Benzema o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Futbolchi uchrashuv uchun tanlangan legionerlar qatoridan joy olmadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Benzema hali ham to‘liq tuzalmagan va murabbiy u bilan tavakkal qilmoqchi emas. Shuningdek, Ivan Garanado ham qaydnomaga kiritilmadi.
Benzema yaqindagina safga qaytdi va "Al Taavun"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushib, bitta gol urdi. Shu bilan birga, o‘z darvozasini ham ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Fikrlar