Benzema: Hammasi yolg‘on!
“Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema nihoyat o‘zi atrofida bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirdi.
Ommaviy axborot vositalari frantsiyalik forvard Saudiya Arabistonidan ketmoqchi ekani va unga Frantsiya hamda Angliya klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida tinimsiz yozmlqda.
Qizig‘i shundaki, jamoa mashg‘ulotlaridan chetlatilgan 36 yoshli forvard hozirgi klubini tark etishi haqidagi xabarlarni inkor qildi.
- Bularning barchasi yolg‘on. Ommaviy axborot vositalari vakillari endi yana nimalar to‘qib chiqarishni bilmay turibdi. Qanchalar ko‘p narsa to‘qiy olsangiz, shuncha yaxshi, - dedi Karim Benzema.
Manbalar Benzema bosh murabbiy Marselo Galyardo bilan ziddiyatga borgani va shu bois ketishga qaror qilgani haqida ko‘p yozilyapti.
Fikrlar