Beraётgan 8,5 million funt maoshing yetmayapti!
Angliya Premier-ligasining eng badavlat klublaridan hisoblangan “Chelsi”da o‘ynayotgan yarim himoyachi Moises Kaysedo “aristokratlar”dan yangi shartnoma olishni istamoqda.
Bu haqida insayder Krrish xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining agentlari klub rahbariyatiga rasmiy murojaat yo‘llab, shartnomani maosh oshirilgan holda uzaytirishni so‘ragan.
Kaysedo vakillari ekvadorlik futbolchining haftasiga soliqlarsiz 130 000 funt sterling (mavsum uchun taxminan 8,5 million funt + bonuslar) maosh olishidan norozi.
“Chelsi” yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha amal qilishiga qaramay, yangi kelishuvni muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Yangi bitim maosh oshirilishini va shartnomaga yana bir necha yil qo‘shilishini o‘z ichiga olishi kutilmoqda.

Fikrlar