Bernardu Silvaga o‘ta jiddiy da’vogar chiqdi

  • 11.06.2026 07:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Diario nashri.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Bernardu Silvaga "Barselona" va "Atletiko" ham jiddiy qiziqish bildirgani ma’lum qilingan edi. Shu bilan birga, futbolchining o‘zi Madridda yashashni afzal ko‘rishi haqida ham xabarlar tarqalgan.

Eslatib o‘tamiz, Silvaning yoshi 31 da. U hozir erkin agent maqomiga ega — uning "Manchester Siti" bilan tuzgan shartnomasi yakunlandi. Bernardu Silva 2017 yildan buyon ingliz klubi sharafini himoya qilib kelayotgan edi, unga qadar esa "Monako" tarkibida to‘p surgan.

O‘tgan mavsumda portugalialik futbolchi "Manchester Siti" safida barcha musobaqalar doirasida 53 ta o‘yinda maydonga tushdi. U shu davr mobaynida 3 ta gol urdi va jamoadoshlariga 5 ta golli pas yo‘lladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!