Bibisora Asaubaeva peshqadamlikni saqlab qoldi
Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Asaubaeva 2026/2027 yilgi mavsum uchun tuzilgan ayollar reytingi — FIDE Women’s Circuit umumiy saralash jadvalidа peshqadamlikni saqlab qolmoqda.
4 avgust holatiga ko‘ra, Asaubaeva 51,30 ochko to‘plab, birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi pog‘onada Xitoy vakili Chzhu Tzin’er (39,83 ochko), uchinchi o‘rinda esa hindistonlik Vaishali Rameshbabu (29,70 ochko) joylashgan. Qozog‘istonlik grossmeyster ilk bor joriy yil 8 iyun kuni FIDE Women’s Circuit umumiy reyting jadvalidа yetakchiga aylangan edi.
FIDE Women’s Circuit reytingining birinchi o‘ntaligi quyidagicha:
1. Bibisara Asaubaeva (Qozog‘iston) — 51,30
2. Chzhu Tzin’er (Xitoy) — 39,83
3. Vaishali Rameshbabu (Hindiston) — 29,70
4. Harika Dronavalli (Hindiston) — 20,55
5. Anastasiya Gnatishin (Ukraina) — 18,97
6. Aleksandra Goryachkina (FIDE) — 16,88
7. Ulviyya Fatalieva (Ozarbayjon) — 15,37
8. Afruza Hamdamova (O‘zbekiston) — 14,79
9. Eline Roberts (Niderlandiya) — 13,89
10. Nino Batsiashvili (Gruziya) — 13,86.
FIDE Women’s Circuit reytingini boshqarib borayotgan shaxmatchi dunyo shaxmat tsiklini asosiy saralash bosqichi — Nomzodlar turniriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma qo‘lga kiritadi. Ushbu nufuzli musobaqada dunyodagi sakkiz nafar eng kuchli shaxmatchi ayol rasmiy tarzda jahon chempioni unvoniga da’vogar bo‘lish huquqi uchun kurashadi. Turnir g‘olibasi amaldagi jahon chempioniga qarshi jahon taxti uchun match o‘tkazish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Fikrlar