Bilasizmi: Marat Bikmaev faqat "Buxoro" darvozasini ishg‘ol eta olmadi
Bu mavsum Oliy liga chempionligini qo‘lga kiritgan "Lokomotiv" klubi bu mavsum o‘zining hujumkorligi va gollari bilan qolgan jamoalardan ajralib turdi. "Temiryo‘lchilar"ning ushbu muvaffaqichtlarida Marat Bikmaevning ham xissasi beqiyos bo‘ldi. Zero tajribali futbolchi Oliy Liga uchrashuvlarida birin-ketin raqiblari darvozalarini ishg‘ol etib, “Loko”ga muhim g‘alabalarni taqdim etdi.
Umumiy hisobda “Lokomotiv” bu masum Oliy ligada 67 ta gol urdi va bu borada chempionatning eng sermahsul jamoasi bo‘ldi. Ular o‘z darvozasidan 20ta gol o‘tkazib yubordi. To‘plar nisbati +47 ni tashkil etdi.
Marat bu mavsum Oliy ligada 25 ta bahsda ishtirok etdi va 26 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi. 26ta golning 7 tasini 11 metrli nuqtadan kiritgani diqqatga sazovordir. Yana bir fakt: Bikmaev bu yil Oliy Ligada “Buxoro”dan boshqa barcha klublarga gol urishning uddasidan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Shuningdek, “Lokomotiv” safida bu yil yosh hujumchi Murod Bobojonov ham o‘zini ko‘rsatdi. “Neftchi”dan ijaraga olingan xorazmlik futbolchi mavsum davomida Oliy Ligada 7 bor gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, Sardor Mirzaev 7 ta, Jaloliddini Masharipov 6 marta, Sanjar Shoahmedov va Ikrom Aliboev 4 martadan raqib darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, Islom Tuxtaxo‘jaev, Salim Mustafoev, Sadriddin Abdullaev, Aziz Amonov, Kaxi Maxaradze, Oleg Zoteev, Diyor Turopov, Salamat Qutiboev hamda Olabiran Blessing Muyiva bir martadan gol kiritishning uddasidan chiqishdi.
Shu o‘rinda yana bir qiziq fakt: Ushbu mavsumda “Lokomotiv” darvozasini bir nafar futbolchi har ikki davrada ham ishg‘ol etishning uddasidan chiqdi. Bolqonlik himoyachi Adnan Oraxovats 1-davrada “Paxtakor” safida, 2-davrada esa “Dinamo” tarkibida “Lokomotiv” darvozasi tomon yo‘l topa oldi.



Fikrlar