
Bir vaqtning o‘zida Madrid klubidan 9 nafar futbolchi jamoani tark etishi mumkin
Madridning "Atletiko" klubi bir vaqtda to‘qqiz nafar futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoani tark etishi aniq bo‘lgan futbolchilar — Aksel Vitsel, Sezar Aspilikueta va Reynildu. Ularning shartnomasi yakunlanmoqda va uzaytirilmaydi.
Shuningdek, Anxel Korrea, Rodrigo Rikelme, Samuel Lino va Nauel Molina kabi futbolchilarning ham ketishi ehtimoli yuqori.
Bundan tashqari, yarim himoyachilar Rodrigo de Paul va Konor Gallaxer ham jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatorida turibdi.
Eslatib o‘tamiz, "matraschilar" o‘tgan mavsum La Ligani 3-o‘rinda yakunlagan va kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etadi.
Fikrlar