Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Bizga o't! Autsayder jamoada nima qilasan?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Zoʻr variantlar chiqyapti

«Nottingem Forest»ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt faoliyatini Londonning «Tottenxem» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida TEAMtalk nashri jurnalisti Greym Beyli xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, «shporlar» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi jamoa yarim himoyasi kelajagi borasida aniq qarorga kelmagan. U xususan Jeyms Meddison va Konnor Gallaher uzoq muddatli loyihada yetakchi rol o‘ynay olishiga shubha bilan qaramoqda. Shu bois mutaxassis Morgan Gibbs-Uaytni jamoaga olib kelish g‘oyasiga jiddiy qiziqyapti.

«Tottenxem» Angliya terma jamoasi a'zosi bo‘lgan yarim himoyachini 2025 yil yozidagi muvaffaqiyatsiz transfer urinishidan so‘ng ham kuzatishni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, futbolchini sotib olish jarayonida londonliklar «Manchester Yunayted» bilan raqobatga duch kelishi mumkinligi ta'kidlanmoqda.

Joriy mavsumda 26 yoshli Gibbs-Uayt barcha musobaqalar doirasida to‘qqizta o‘yinda maydonga tushdi, bir gol urdi va bir golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q