Bizga oʻt, evroda millioner boʻlasan!

  • 13.05.2026 10:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning “Yuventus” klubi portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silvaga 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan katta shartnoma taklif qilishga tayyor.

Bu haqida insayder Nikolo Skira xabar berdi. U avvalroq ham turinliklarning futbolchiga qiziqishi haqida ma’lumot tarqatgan edi.

Manbaga ko‘ra, yangi shartnomada hamkorlikni yana bir mavsumga – 2029 yilning yozigacha uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

31 yoshli futbolchining maoshi yiliga 8 million evroni tashkil qilishi aytilmoqda. Shu summaning 2 million evrogacha qismi bonuslardan iborat bo‘ladi:

- 1 million evro – samaradorlik uchun;
- 1 million evro – “Yuventus” UEFA Chempionlar ligasiga chiqsa beriladi.

Bernardu Silvaning “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Shu bois u yangi klubiga erkin agent sifatida, kompensatsiya pulisiz o‘tishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!