Boʻldi! "Barsa"dan ketaman!
Reja o‘zgardi
«Barselona»ning chap qanot himoyachisi Alejandro Balde qishki transfer oyida jamoani tark etish masalasini jiddiy o‘ylab ko‘rmoqda.
23 yoshli futbolchi Hans-Diter Flikning rejalari haqida mavsum boshlanishidan ancha oldin xabardor bo‘lgan, shunga qaramay, yozda jamoada qolishni ma’qul ko‘rgan edi.
Sport nashri ma’lumoticha, endilikda ispaniyalik himoyachining fikri o‘zgargan: u nemis mutaxassisi unga ishonmayotganini, tarkibda unga deyarli imkoniyat berilmayotganini ko‘rdi va yanvarda jamoa almashtirishga tayyor.
Alejandro Balde joriy mavsumda «blaugrana» safida bor-yo‘g‘i beshta o‘yinda maydonga tushdi, jami o‘yin vaqti 124 daqiqani tashkil etmoqda. Futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Baldening transfer qiymatini 40 million yevro atrofida baholamoqda.
Izohlar (0)