Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Bo‘ldi, Manchesterga o‘tishga tayyorman!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Masala hal

«Manchester Yunayted» klubi «Bornmut» tarkibida to‘p surayotgan chap qanot himoyachisi Adrien Tryufferga jiddiy qiziqmoqda.

Insayder Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, ingliz grandi 24 yoshli futbolchining o‘yinlarini yaqinidan kuzatib bormoqda va unga bo‘lgan qiziqishini yashirmayapti. Fransiyalik himoyachining o‘zi ham «Manchester Yunayted» safiga o‘tish imkoniyatiga ijobiy qaraydi. 

Shu bilan birga, «Bornmut» muzokaralarda qattiq pozitsiyasi bilan tanilgan klub hisoblanadi, shu sabab ehtimoliy transfer oson kechmasligi kutilmoqda.

Joriy mavsumda Tryuffer barcha musobaqalar hisobga olingan holda olti uchrashuvda maydonga tushib, bir golli uzatma muallifiga aylandi.

Himoyachining «Bornmut» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q