Bobir Abdixoliqov "Nasaf" muxlislari bilan qayg‘uli tarzda xayrlashdi

  • 20 fevral, 2021, 15:39
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq, Ukrainaning "Rux" jamoasi hujumchi Bobir Abdixoliqov transferini e’lon qilgani haqida yozgandik. Hujumchi "Instagram" sahifasi orqali "Nasaf"ga minnatdorchilik bildirdi va qayg‘uli tarzda muxlislar bilan xayrlashdi.

Tecno

"Qadrli "Nasaf" klubi muxlislari!
Dastlab Sizlarga katta rahmat aytmoqchiman! "Nasaf"da baxtli edim, g‘alabada ham, mag‘lubiyatda ham birga bo‘ldingiz. Har daqiqa Sizlarning qo‘llab-quvvatlashlaringizni his etib turdim. Jamoani shunday tarzda qo‘llashda davom etishingizni so‘rab qolardim. Zero "Nasaf" Sizlar uchun o‘ynaydi!

Fursatdan foydalanib "Nasaf"dagi barchaga, rahbariyatdan tortib qorovulgacha, klubdagi barcha xodimlarga, muxlislarga katta rahmat aytaman! O‘z navbatida Ro‘ziqul Sa’dullaevich Berdievga alohida minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Har bir o‘yinda bosh murabbiyning ishonchini oqlash uchun maydonga tushdim va klub uchun borimni berdim. O‘z gollarim bilan jamoa g‘alabalariga oz bo‘lsa ham hissa qo‘shganimdan faxrlanaman. "Nasaf"dagi faoliyatim yakunlandi, sababi professional faoliyatimda oldinga intilish vaqti etib keldi. Barcha futbolchilar singari men ham o‘zimni legioner sifatida sinab ko‘rishni xohladim.

Faoliyatimni Ukrainaning "Rux" klubida davom ettirishga qaror qildim. To‘g‘ri oldimda Osiyoning bir qator klublaridan takliflar bor edi. Ammo professional futbolchi sifatida yanada o‘sish uchun Evropa futbolida o‘ynashni to‘g‘ri deb bildim. Bundan tashqari Lvov shahri sharafini himoya qiluvchi "Rux" klubi falsafasi bo‘yicha "Nasaf"ga o‘xshash ekan. Ya’ni o‘sib kelayotgan yosh futbolchilarga e’tibor katta ekan. Ukraina chempionatida o‘ynagan o‘zbekistonlik futbolchilarning davomchisi sifatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga, maydonda oxirgi kuchim qolguncha o‘ynashga va’da beraman.

Shuni unutmangki, men doim "Nasaf" muxlisi bo‘lib qolaman", - deya yozib qoldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SHAXBOZ BEKMURODOV
20/02/2021 21:51
Otanga raxmat pele, omadingni bersin. Bundanam yuqori marralarni egallab yur. Nasafga qilgan xizmating uchun senga raxmat.