
Bobir Abdixoliqov "Shaxtyor"ga qarshi o‘yinda debyut qiladi
Avvalroq, O‘zbekiston terma jamoasi va "Nasaf" hujumchisi Bobir Abduxoliqov Ukrainaning "Rux" klubiga o‘tgani haqida yozgandik.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, 23 yoshli futbolchi chempionatning navbatdagi turidan o‘rin olgan "Shaxtyor"ga qarshi bahsda debyut qiladi. Mazkur uchrashuv 21 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Bobir "Rux" safiga erkin agent maqomida borib qo‘shiladi. U o‘tgan mavsum 25ta o‘yinda maydonga tushib, 17ta gol urgan va 1 golga assistentlik qilgan.
Fikrlar