Bobir Abdixoliqov sobiq klubiga qaytish niyatida

  • 10.12.2023 00:54
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol

"Ordabasi" bilan shartnomasi yakuniga etgan Bobir Abdixoliqov sobiq jamoasiga qaytishi mumkin. 

SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevga ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli hujumchi katta ehtimol bilan faoliyatini "Nasaf"da davom ettiradi. Futbolchida bir nechta maxalliy klublardan takliflar mavjud. Forvard "ajdarlar" safiga o‘tishni istamoqda, ammo xali yakuniy qaror qabul qilingani yo‘q. Xorijdan keladigan variantlar xam ko‘rib chiqiladi. Ular orasida futbolchi istagani chiqmasa, Bobir Qarshiga qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumni Qozog‘iston chempionatida o‘tkazgan Abdixoliqov jamoasi safida 36 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi. Shuningdek, chempionat g‘olibiga ham aylandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Олға насаф
10/12/2023 12:08
Бобур ва Ислом Кенжабоевни қайтарсак яхши бўларди. Ойбек Бозоровни ҳам бериб юбормаслик керак лекин. Четдан 2 та яхши ҳужумчи олиб келиш керак.