Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Bobousmon Baturov eronlik raqibidan ustun keldi

Shahzod
Izohlar: 0

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Tailandda boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

-69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bobousmon Baturov bugun musobaqaning 1/8 final bosqichi doirasida eronlik Sajjar Kazemzadaposhtiriga qarshi ringga ko‘tarildi.

Baturovning to‘liq ustunligida o‘tgan jangda bokschimiz ochkolar hisobi bo‘yicha raqibdan ustun keldi va chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Uning bu bosqichdagi raqibi esa birozdan so‘ng aniqlanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q