
Boks. Odiljon Aslonov final jangini o‘tkazdi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha an’anaviy Stranja musobaqasi davom etyapti. Bugun ushbu turnirning hal qiluvchi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
-80 kg vaznda o‘z raqiblarini mag‘lub etgan holda finalga qadar etib kelgan ajoyib bokschimiz Odiljon Aslonov final bahsida mezbonlar vakili Kristian Nikolovga qarshi jang olib bordi va g‘alaba qozonib oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar