
Boks. Qondosh aka-ukalar bir-biriga qarshi jang qiladimi?
Boksdagi faoliyati bilan tanilgan videobloger Jeyk Pol 27 mart kuni akasi Logan Pol bilan jang qilmaydi, deb xabar bermoqda ESPN.
Avvalroq, Jeyk akasi bilan yuzma-yuz tasvirlangan plakat e’lon qilgan, shu sabab OAV da mushtlashuv tashkil etilgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
Biroq, ESPN telekanali xabariga ko‘ra, yulduz aka-uka realiti-shouda ishtirok etadi, afisha esa shunchaki tadbirning targ‘iboti bo‘lgan
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Arlingtonda o‘tkazilgan so‘nggi jangida Jeyk Pol sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Taysonni mag‘lub etgandi.
Fikrlar