Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Boks. Ruminiyada ham medallar ko‘p bo‘ldi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Shulardan 4 tasi oltin!

21-26 fevral kunlari Ruminiyaning Brashov shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi "Dracula Open" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

Jahonning 26 mamlakati qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham 5 nafar bokschi bilan ishtirok etdi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqada ishtirok etgan 5 nafar bokschimizning barchasi finalga qadar etib bordi.

Turnir yakuniga ko‘ra, 4 nafar bokschimiz oltin, yana 1 nafari esa kumush medalni qo‘lga kiritdi:

Oltin:

-51 kg: Mirali Mavlonov
-67 kg: Shavkatjon Boltaev
-71 kg: Javohir Ummataliev
-75 kg: Fazliddin Erkinboev

Kumush:

-60 kg: Sayat Ilyasov

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q