
Bokschi 14 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘ldi
25 yoshli chechenistonlik bokschi Sharapudin O‘razboev 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil 3 oktyabr kuni Sharapudin tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida bir qizni urib yuborganiga qaramay, jabrlanuvchini qutqarishga urinmadi. Natijada 14 yoshli norasida voqea joyida vafot etgan.
Sud bokschini marhumaning ota-onasiga 6 million rubl to‘lashga majbur qildi. Bu haqda Krasnodar o‘lkasi prokuraturasiga tayanib, “RIA Novosti Sport” xabar bermoqda.
Shuningdek, Sharapudin mastlik holati bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tish talabini bajarmagani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilingan.
Fikrlar