Bokschi qizlarimiz Qozog‘istondagi Xalqaro turnirda 23 ta medal qo‘lga kiritdi

  • 20.02.2026 23:09
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, 15-20 fevral kunlari Qozog‘istonning Olma-ota  shahri Sidney Olimpiadasi chempioni Ermakhan Ibraimov sovriniga bag‘ishlangan qizlar (2008-2009) va o‘smir qizlar (2010-2011) o‘rtasida an’anaviy xalqaro turnirga mezbonlik qildi. Mazkur turnirda Timur Axbaev murabbiyligi ostidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etib, 8 ta oltin, 5 kumush va 10 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Oltin medal:
-46 kg. Ruxshonabonu Ahadova
-48 kg. Farangiz Usvalieva
-50 kg. Parvina Shakarova
-57 kg. Qumriniso Muhammadova
-63 kg. Mehrimah Qilichova
-54 kg. Sabrina Chakomanova
-75 kg. Samira Turg‘unova
+80 kg. Nilufarxon Abduhoshimova

Kumush medal:
-46 kg. Rayhona Alimxonova
-48 kg. Nafisa Bosimova
-52 kg. Sabina Mirzaeva
-75 kg. Lobar Shaymanova
-80 kg. Feruzabonu Kamolova

Bronza medal:
-48 kg. Janeliya Alibekova
-52 kg. Marjona Xudayberdieva
-60 kg. Salomatxon Sardorova
-66 kg. Diyora Bo‘riboyeva
-48 kg. Maftuna Musurmonova
-51 kg. Muxtasar Alieva
-54 kg. Shodiyona Meliqo‘zieva
-60 kg. Rushanabonu Isoeva
-80 kg. Gulchehra Koldosbaeva
+80 kg. Gulsimay Xojabaeva

Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!