Bokschilarimiz bugun chorak final doirasida ringga chiqishadi
Nurali
Bugun boks bo‘yicha Boku musobaqasida chorak final bellashuvlari boshlanadi
Ozarbayjon poytaxtida boks bo‘yicha “Buyuk ipak yo‘li” nomli xalqaro musobaqa davom etmoqda. Musobaqaning ikkinchi doirasida 3 nafar bokschimiz g‘alaba qozongan edi.
Bugun chorak final bahslariga start berilib, vakillarimizdan Jasurbek Latipov, Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg), Aliyor Noraliev (-64 kg), Xurshid Abdullaev, Dilshodbek Ro‘zmetov (-81 kg), Madiyar Saydrahimov, Sardor Yormuhammedov (-91 kg), Obidjon Toxirov (+91 kg) yarim final yo‘llanmasi uchun ringga chiqishadi.

Izohlar (0)