«Bornmut» Skott bo‘yicha qarorini o‘zgartirdi
«Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skott qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida BBC xabar bermoqda.
Manba ma'lumoticha, klub qishda Skottni sotishga tayyor, agar juda yirik taklif tushsa. Aytilishicha, futbolchining agentlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng «Bornmut» pozitsiyasi o‘zgargan. Ilgari klub rahbariyati iste'dodli yarimhimoyachini sotish niyatida emas edi.
Aleks Skottga bo‘lgan qiziqish hali ham yuqori. Unga «Chelsi» va «Liverpul» klublari da'vo qilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, «Bornmut»ni kamida 118 million yevro atrofidagi taklif qoniqtirishi mumkin.
23 yoshli Skott joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida olti uchrashuvda maydonga tushib, bir gol urdi va ikki golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar