"Borussiya" Dortmund yozda qaysi futbolchilarni sotib olmoqchiligi ma’lum bo‘ldi

  • 13 mart, 2019, 19:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning "Borussiya" klubi mavsumlar oralig‘ida qaysi futbolchilarni sotib olishni maqsad qilgani ma’lum bo‘ldi.

Sport Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra dortmundliklar yozda "Bayer" yarim himoyachisi Yulian Brandt va "Gerta" himoyachisi Niklas Shtarklarni sotib olmoqchi. Klub ushbu ikki futbolchi uchun taxminan 50 mln evro sarflashi mumkin.

Ma’lumot uchun, 22 yoshli Brandt joriy mavsum Bundesligada 24ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Shtark esa 18ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!