Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Braziliya jiddiy yo‘qotishga uchradi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Anchelottining boshi qotdi

JCh-2026 guruh bosqichi ikkinchi turida Gaitiga qarshi o‘yinda Braziliya terma jamoasi jiddiy muhim yo‘qotishga uchradi – Rafinya Dias jarohat olib maydonni tark etdi.

«Barselona» yarim himoyachisi uchrashuvning 40-daqiqasida, hisob 2:0 bo‘lib turgan paytda, majburiy tarzda almashtirildi. Qolgan daqiqalarda braziliyaliklar yana bir gol urib, uchrashuvni yirik hisobdagi g‘alaba – 3:0 bilan yakunlashdi.

«Rafinyaning ahvoli ertasi kuni to‘liq baholanadi. Hozircha u sonning orqa qismidagi mushakni qay darajada jiddiy shikastlaganini aniq bilmaymiz», – deya Karlo Anchelotti. Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyining so‘zlarini ispan nashrlari keltirmoqda.

Insayderlar ma’lumotiga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi katta jarohatdan qutulib qolgan bo‘lishi mumkin. Biroq uning maydonga qaytishi uchun aniq muddatlar hozircha ochiqlanmagan.

«Pentakampionlar» guruh bosqichining so‘nggi turida Shotlandiyaga qarshi bahs olib boradi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q