
Braziliyadagi turnir ham o‘zgacha ruhda o‘tmoqda
Braziliyaning San-Paulo shahrida erkaklar o‘rtasidagi turnirda mezbon tennischi Gilerme Klezar va Tyago Monteyro birinchi davrasida o‘zaro kuch sinashdi.
Mazkur uchrashuvda Klezar tajribali raqibini uch setda 6:3, 1:6, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va o‘zaro o‘yinlardagi hisobni 4:3 ko‘rinishiga olib keldi.
Endi "Brasil Open - 2018" musobaqasining uchinchi bosqichiga chiqish uchun Klezar ispaniyalik Albert Ramosga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar