Braziliyalik Ronaldodan eng ko‘p jabr chekkan 7 jamoa

  • 8 dekabr, 2016, 10:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik futbol afsonasi Ronaldo faoliyati davomida eng ko‘p gollarni qaysi jamoaga urganini bilasizmi?

Quyida bu haqda ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

4-7. "Alaves" - 7 gol
Ronaldo La ligada 117 va kubokda 10 ta gol urgan. Braziliyalik o‘yinchi ana shu gollarning 7 tasini "Alaves" darvozasiga yo‘llagan.

4-7. "Malorka" - 7 gol
"Barselona" uchun 47 va "Real" uchun 109 ta gol kiritgan "so‘yloq" "Malorka" jamoasi bilan o‘yinlarda 7 marta o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

4-7. "Real Sosedad" - 7 gol
Braziliyalik futbolchidan 7 marta jabr chekkan yana bir jamoa bu "Real Sosedad"dir. Ronaldo San-sebastyanliklarga qarshi o‘yinlarda ikki marta dubl qayd etgan.

4-7. "Atletik" - 7 gol
"Atletik" jamoasi posbonlari ham Ronaldodan 7 marta gol o‘tkazib yuborishgan. Umuman olganda Bilbaoliklar Ronaldo (Ronaldu) ismli futbolchilarni unchalik ham xush ko‘rishmaydi.

Tecno


2-3. "Saragosa" - 9 gol
Ronaldo o‘ynagan paytlarda "Saragosa" klubi "Real" uchun eng noqulay raqiblardan biri bo‘lgan. Shunga qaramay braziliyalik mazkur klub darvozasiga 9 marta aniq yo‘l topa olgan.

2-3. "Valensiya" - 9 gol
"So‘yloq" to‘p surgan kezlari "Valensiya" hozirgidek o‘rtamiyona yoki autsayder jamoa emas edi. Chempionlik uchun kurashuvchi klub bilan o‘yinlarda Ronni 9 ta gol urgan.

1. "Atletiko" - 15 gol
Ronaldo faoliyati davomida eng ko‘p golni "Atletiko" darvozasiga kiritgan. Madridlik kiperlar 2 karra "Oltin to‘p" sohibi yo‘llagan 15 ta zarbani bartaraf eta olishmagan.

Furqat Yusupov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!