
"Brest" 6 yillik tanaffusdan so‘ng yana Liga 1 ga qaytdi
"Brest" klubi mavsum yakunlariga ko‘ra Liga 2 dan Liga 1 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan ikkinchi jamoa bo‘ldi.
Gap shundaki, Jan-Mark Furlan shogirdlari o‘z hisoblaridagi ochkolar sonini 74taga etkazib olishdi va muddatidan avval o‘zlari uchun 2-o‘rinni band etib bo‘lishdi.
E’tiborlisi, “Brest” endi 2012/13 yilgi mavsumdan buyon ilk bor Frantsiya oliy divizionida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Liga 1 yo‘llanmasini shuningdek “Metts” klubi ham naqd qilib qo‘ygan edi.
Fikrlar