Bruk rahm qilmoqchi emas. Kroufordchi?

  • 12 noyabr, 2020, 20:11
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

14 noyabr kuni Las-Vegas shahridagi “MGM Grand” arenasida o‘rta vazn toifasining WBO kamari sohibi Terens Krouford va Kell Bruk o‘zaro to‘qnash keladi.

Har ikki bokschi matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Menga qarshi jangda Brukni katta "syurpriz" kutyapti," - dedi Krouford.

"Krouford men kabi o‘rta vaznli bokschi bilan uchrashmagan. U hech qachon to‘liq o‘rta vaznda jang qilmagan. Tayyorgarligim yuqori darajada. Shanba kuni unga rahm qilmayman," - deb fikr bildirdi Bruk.

Bungacha, Krouford 36 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan, 27 ta nokaut. Bruk 39 ta jangda ikki marta mag‘lub bo‘lgan, 27 ta bahsni muddatidan avval yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!