“Bu erda hammasi yomon, iltimos yordam bering!” Turkiyadagi zilzila mamlakat futboliga kuchli zarba berdi

  • 6 fevral, 2023, 22:54
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

6 fevral sanasida Turkiyada bir necha bor kuchli er silkinishlari kuzatildi. Ma’lumotlarga qaraganda, 7,8 ballik qimirlash mamlakatda favqulodda vaziyat e’lon qilinishiga sabab bo‘ldi. Mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an qurbonlar soni 1000 dan ortib ketganini ma’lum qildi. Epitsentr Kahramanmarash shahridan 59 kilometr uzoqlikda ekanligi qayd etilgan.

Tecno

Bu 1939 yildan beri mamlakatda kuzatilgan eng kuchli er silkinishiligini mutaxassislar tasdiqladi. Anqara allaqachon xalqaro miqyosdagi yordamga muhtoj ekanini ma’lum qildi. Falokat futbolga qanday ta’sir qildi?

Afsuski, zilzilalar sodir bo‘lgan hududlarda Turkiya Superligasida ishtirok etadigan bir nechta klub joylashgan. “Gaziantep”, “Xatayspor” va “Adana Demirspor” jamoalari juda murakkab vaziyatda qoldi. Shuningdek, quyi ligalarda harakat qiluvchi bir necha boshqa klublar ham faoliyatini vaqtincha to‘xtatgani aytilmoqda. Turkiya sport vaziri Mehmet Kasapo‘glu mamlakatdagi barcha sport o‘yinlari, shu jumladan futbol bahslari ham noma’lum muddatga qoldirilganini rasman e’lon qildi.

dp4dzp4dp

Turkiya futbol federatsiyasi esa, yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan o‘ynlar ham boshqa kunga qoldirilgani haqida rasmiy bayonot berdi. Ma’lumot uchun, bugun Superliga doirasida 3 o‘yin ("Adana Demirspor", "Fenerbaxche" — "Konyaspor" va "Girensunspor" — "Kayserispor") bo‘lib o‘tishi kutilayotgan edi. Bellashuvlar qachon davom ettirilishi hozircha so‘roq ostida qolmoqda.

Turkiya OAV futbolchilar bilan bog‘liq yurakni ezuvchi xabarlarni berishda davom etmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, “Xatayspor” klubi a’zosi sanalgan Kristian Atsu va jamoa sport direktori Taner Sovut Xataydagi zilziladan so‘ng qulab tushgan binolar tagida qolib ketgan. Kechagina “Kasimposho” darvozasiga 97-daqiqada g‘alaba golini urgan hujumchini bugun qutqaruvchi guruh a’zolari izlamoqda.

drkdrzkedr

Hozircha, er bilan bir holatga kelib qolgan binolar qoldiqlari orasida jamoa tarkibidagi boshqa futbolchilarining jonsiz tanalari topilgan. Ular orasida Burak Oksayuz, Bertug Yildirim, Karim Aliji, Akrom Ekshio‘g‘lu va Osman Atesh singari taniqli futbolchilar bor… Shuningdek, ushbu klub vakili sanalgan boshqa sport vakillari ham bedarak yo‘qolgan. Ularning umumiy soni 50 dan ortiq ekanligi haqida aytishmoqda.

Bugungi kunning naqadar ayanchli ekanligini Volkan Demirel tomonidan yozilgan videoni tomosha qilib, tushunib olish qiyin emas. Sobiq darvozabon “Xatayspor” klubida sport direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. U ijtimoiy tarmoqlar orqali barchadan yordam so‘radi. Demiral video davomida chiday olmay, yig‘lab yubordi.

“Bu erda barchaning boshiga ish tushgan. Iltimos, yordam bering. Hech kim bilan bog‘lana olmayapmiz. Hammasi juda yomon. O‘zimiz hamma narsani uddalay olmayapmiz. Iltimos, imkoni boricha bizga yordam yuboring. Bu holat faqat Xatayda emas, qo‘shni viloyatlarda ham kuzatilgan. Iltimos, Alloh uchun yordam bering…”.

SPORTS.uz nashri Turkiyadagi tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan barchaga hamdardlik bildiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ishoq Ruziev
07/02/2023 15:11
Mamlakat futboliga kuchli zarba bermadi, butun boshli mamlakatga kuchli zarba berdi
А689 НМ
07/02/2023 11:53
Турк кардошларга хамдардлик билдираман уларни Аллох уз панохида асрасин!
Muxtorov Behzod
07/02/2023 11:37
Alloh panohida asrasin. Qardosh xalqqa yordam bersin Allohim
&
Ботир
07/02/2023 08:30
Худойим мушкулларини осон килсин . Утганларни Аллох рахматига олл-ин.