Bu futbolchi “Real”ni mensimadi
Angliya chempionatida “Chelsi” jamoasi sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi Moises Kaysedo Madriddning “Real” klubidan bo‘layotgan qiziqish haqidagi ma’lumotga izoh berdi.
Taniqli insayder Fabrizio Romanoning ma’lum qilishicha, ekvadorlik futbolchi hozirda faqat London klubidagi o‘yinlariga e’tibor qaratioqda va jamoani o‘zgartirish variantlarini ko‘rib chiqmayapti ekan.
- Men “Chelsi” afsonasiga aylanmoqchiman. “Chelsi” bilan shartnomam bor va men shu klub hamda Ekvador milliy terma jamoasi uchun o‘ynashga e’tibor qaratganman, - dedi Kaysedo.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi 2023 yilda “Brayton”dan “Chelsi”ga 116 million yevro evaziga transfer qilgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2031 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda Kaysedo barcha musobaqalarda 41 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar